MMRD lizing kompaniyalari uchun quyidagi xizmatlarni taklif etadi:
- Strategik sharh – muassasaning MKOʻBK mahsulotlarini ishlab chiqarish darajasini oshirishga tayyorligini aniqlash uchun, uning bozori, strategiyasi va amaliyotlarini toʻliq tahlil qilish
- Mahsulotni takomillashtirish va anderrayting – MKOʻBK uchun moʻljallangan, bozorda etakchi boʻlgan anderrayting texnologiyasini oʻtkazish, unga moslashtirish va uni tatbiq etishga koʻmaklashish
- Savdo va marketing - savdo va marketing umumiy strategiyasini takomillashtirishga koʻmaklashish hamda tanlangan segmentlarga moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqish, joriy qilish va ularni sotishga yordam berish, shu jumladan, ushbu mahsulotlar boʻyicha oʻquv kurslari tashkil qilish
- Operatsion tayyorlik – eng yaxshi xalqaro tajribalar qoʻllanishini taʼminlash uchun AT, xodimlarni boshqarish, hisobotlarni oʻz ichiga olgan operatsion tayyorlikning barcha jihatlarini koʻrib chiqish
- Kadrlarni rejalashtirish, malakasini oshirish va oʻqitish – MKOʻBK/past baholi jamoa uchun model tuzilmani taʼminlash; bu jamoa aʼzolari uchun vazifalar/ish profillari va tavsiflarini ishlab chiqishda yordam berish; ichki yoki tashqi nomzodlarni aniqlash va ishga qabul qilishda yordam koʻrsatish; yangi aʼzolar va boshqalar uchun treninglar oʻtkazish