MMRD quyidagi xizmatlarni koʻrsatishi mumkin:

  • kreditlash sxemasini Oʻzbekistondagi tegishli MKOʻBK ehtiyojlarini moliyalashtirishni hisobga olgan holda ishlab chiqish va joriy qilish, kreditlash boʻlimlarini tashkil qilish va ularni tegishli tashkiliy tuzilmaga muvofiqlashtirilishini taʼminlash, kredit mutaxassislarini oʻqitish, kredit arizalariga ishlov berish tizimlari va ma’lumotlar boshqaruv tizimlarini (MBT) ishlab chiqarish va amalga tatbiq qilishga koʻmaklashish
  • marketing strategiyasini, shuningdek, mijozlarga xizmat koʻrsatish funksiyasini ishlab chiqish va joriy qilish, bunda bank filiallarida kredit amaliyotlariga koʻmaklashish imkoniyatini qoʻshish
  • tahlil qilish va kreditlash uslubiyati, qarz mablagʻlarini undirish va yigʻish yoʻllari boʻyicha mahalliy boshqaruvchilar va kredit boʻlimi mutaxassislariga oʻquv kurslari tashkil qilish; Bu masʼuliyatli kreditlashning tamoyillariga oid boʻlib, YTTBning MKOʻBK uchun ekologik va ijtimoiy xavflarni boshqarish tartib-qoidalarining tegishli bandlarini oʻz ichiga oladi
  • MKOʻBKni kreditlash amaliyotlarini nazorat qilish qilish hamda monitoring va qarzdorlikni undirish boʻlinmalarini tashkil qilishga koʻmaklashish