2017-yilning mart oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Oʻzbekiston bilan hamkorlikni qayta tiklaganidan soʻng, 2018-yilning iyun MMRD tashkil qilingan va u mamlakatdagi oʻnta hamkor muassasalar doirasida YTTBning investitsiyaviy amaliyotlariga koʻmaklashadi.

MMRD Ishtirokchi banklar va ularning turli biznes yoʻnalishlaridagi amaliyotlarini qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgani holda, ishonchli bank amaliyotlari, risklarni boshqarishning qulay tizimlari va korporativ boshqaruvning ilgʻor tuzilmalarini joriy qilish orqali, YTTBning MKOʻBK uchun moʻljallangan kredit liniyalarining tatbiq qilinishiga koʻmaklashish hamda ularning institutsional salohiyatini mustahkamlashga yordam beradi.

Oʻzbekistondagi MMRD – Koreya Respublikasi va YTTBning Kichik biznesga koʻmaklashish jamgʻarmasi (Italiya, Yaponiya, Koreya, Lyuksemburg, Shvetsiya, Shveytsariya, Xitoy Taypeyi va AQSH) tomonidan moliyalashtiriladigan YTTB texnik hamkorlik dasturidir.

Bu dastur KPMG va IPC kompaniyalaridan iborat konsorsium tomonidan amalga oshiriladi.