MMRD quyidagi xizmatlarni koʻrsatishi mumkin:

  • Kredit riski – kredit riskini boshqarishda yangi tuzilmalar yaratish yoki mavjud tuzilmalarini mustahkamlashni qoʻllab-quvvatlash; bunda kreditni tasdiqlash, valyutaga asoslangan kredit xavfi, kredit portfelini diversifikatsiyalash, garov, monitoring, moliyaviy sogʻlomlashtirish va kreditlashga asosiy eʼtibor qaratiladi.
  • Aktiv va passivlarni boshqarish – foiz stavkalarining oʻzgarishi riski va likvidlilik risklarini boshqarishning ishonchli tizimini yaratishga yordam berish; bu esa ishonchli tashkiliy va masʼuliyat tuzilmalarini, riskni boshqarish hamda ichki tartib qoidalar, monitoring va jarayonni nazorat qilishning oqilona siyosatini oʻz ichiga oladi.
  • Bozor riski – foiz stavkasi va valyutaga bogʻliq risklarni oʻlchash, boshqarish va monitoring qilish uchun amaldagi siyosat va jarayonlarni baholashni qoʻllab-quvvatlash; shu asosda yanada takomillashtirish va ularni amalga oshirishda koʻmaklashish boʻyicha tavsiyalar beriladi.
  • Operatsion risk – operatsion xatarlarni samarali boshqarish uchun siyosat va tartiblarni koʻrib chiqish va moslashtirishga koʻmaklashish; bu firibgarlik va boshqa ichki yoki tashqi jinoyatchilik harakatlarini, jarayonlar, nazorat va tartiblarni taqsimlashni va tizim nosozligini oʻz ichiga oladi; muayyan risk vaziyatlari va riskga moyil holatlarni kuzatib borish va zarurat tugʻilganda, maxsus boʻlimni tashkil qilishda qoʻllab-quvvatlanadi